24 Oktyabr 2024 yil 2419

Farg‘ona tumanida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

Xabaringiz bor xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarni tezkor hal etish maqsadida viloyat va tumanlardagi barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlari joylarda reja-jadval asosida sayyor qabullarni o‘tkazib kelishmoqda.

Bugun viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Elyorbek G‘aniev ishtirokida Farg‘ona tumanida joylashgan Madaniyat markazida, fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 31 nafar fuqarolardan jami 34 ta murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarning 9 tasi ijobiy hal etildi, 6 tasi yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi, ko‘rib chiqish uchun muddat talab etilgan 16 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech