4 May 2022 yil 507

Oltiariq tumanida firibgarga jinoyat ishi qoʼzgʼatildi

Oltiariq tumani. 2 fevral kuni fuqaro T.B IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 3 yanvar kuni nomaʼlum shaxs internet ijtimoiy tarmogʼining telegram messendjeri orqali tanishib, tegishli onlayn oʼyini akkauntini sotishligini aytib, 1.300.000 soʼm pullarini plastik kartasiga oʼtkazib olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʼli bilan pullarni qoʼlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni А.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech