5 Oktyabr 2021 yil
440
Qoʻqon shahar IIO FМB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
04.10.2021-yil kuni Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismida (bezorilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati