27 Mart 2020 yil 851

Noqonuniy oʼq otar qurollarni ixtiyoriy topshirish-javobgarlikdan ozod qiladi.

Jinoyat kodeksining 248-moddasida qurol, oʼq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilganlik uchun javobgarlik belgilangan. 

Shuningdek, insonparvarlik printsipiga amal qilgan holda mazkur moddada shaxs yuqoridagi buyumlarni oʼz ixtiyori bilan topshirgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan. 

Fargʼona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning oʼtgan davrida viloyat hududida oʼtkazilgan keng qamrovli tushuntirish ishlari samarasi oʼlaroq, 16 ta holatda fuqarolarimiz noqonuniy saqlab kelayotgan ov qurollarini oʼz ixtiyorlari bilan topshirishganligi sababli, ular jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.

Biroq, insonparvarlik printsipi qoidalarini tushunib yetmagan, oʼtkazilayotgan tushuntirish ishlariga beparvo munosabatda boʼlgan 2 nafar fuqarolarda esa, oʼqotar qurollar borligi ichki ishlar xodimlari tomonidan aniqlanib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Endi ular beparvoligi, qonunlarga rioya qilmaganligi uchun qonun oldida javob berishlariga toʼgʼri keladi. 

Shu oʼrinda Ichki ishlar organlarining maqsadi shaxslarni javobgarlikka tortish emas, balki ularni qonunlarga rioya etishlariga erishish  va shu orqali fuqarolarni xavfsizlinini taʼminlash ekanligini maʼlum qilamiz. 

Elastib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 248-moddasida koʼrsatilgan jinoyat (Qurol, oʼq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish)ni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar!

Oʼzingiz va atrofdagilarning tinchligi, salomatligi uchun ham bunday buyumlarni saqlamang.

Oʼq otar qurollar topib olingan yoki boshqa shaxslar saqlayotgani haqida maʼlumotga ega boʼlsangiz zudlik bilan yaqin oradagi ichki ishlar organlariga murojaat qiling

Ogoh boʼling!


Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech