Shahar-tumanlardagi mavjud hushyorxonalar faoliyati tahlil qilindi
Farg‘ona viloyati
IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik F.Usarov boshchiligida tashkil etilgan videoselektor
yig‘ilishida ichki ishlar, milliy gvardiya, tibbiyot birlashmasi hamda narkologiya
boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.
Unda shahar
va tumanlarda mavjud hushyorxonalar faoliyati tahlil qilindi.
Ma’lumki Prezidentimizning
2022 yil 16 maydagi tegishli qaroriga asosan Farg‘ona viloyati hududida
15 ta mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari
tashkil etilgan.
Yig‘ilishda
mazkur muassasalarning bugungi kundagi faoliyati tahlil qilindi. Mavjud muammolarni
hal qilish, moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar
mutasaddilar bilan o‘zaro kelishib olindi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati