Margʻilon shahrida “ogʻu” saqlayotgan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahri. 29-oktabr kuni IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Turkiston koʻchasida M.O.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnidagi kurtkasining chap va oʻng choʻntagida ikki dona gugurt qutisida “gashish” va “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati