Margʻilon shahrida xonadondan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahri. 05-yanvar kuni Bobodexqon koʻchasida yashovchi M.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, darvozaxonasidagi soʻri ustidan turmush oʻrtogʻiga tegishli narxi 2.900.000 soʻmlik “Редми 10” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati