4 Mart 2022 yil
1399
Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar ushlandi
03.03.2022-yil kuni Margʻilon shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan X.Z.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Rishton tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Q.U.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati