Margʻilon shahrida oʻgʻirlik jinoyati fosh etildi
Margʻilon shahri. 2022-yilning 31-yanvar kuni Yangiyoʻl koʻchasida yashovchi fuqaro Gʻ.O IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida boʻlgan umumiy narxi 2.750.000 soʻmlik ikki dona chang yutgich va tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.E sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati