28 Iyul 2022 yil
431
Avtobusda sodir etilgan jinoyat fosh etildi
Margʻilon shahar. Q.M IIBga qilib, unda 09 yul kuni noma’lum shaxs B.Margʻiloniy koʻchasida joylashgan avtoturargohda qarovsiz qoldirgan “Isuzi” rusumli avtobusni salonida boʻlgan 400.000 soʻm pulini oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni M.N sodir etganligi aniqlanib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati