22 Aprel 2022 yil 491

Margʻilon shahrida avtomashina salonidan gashish giyohvandlik moddasi topildi

Margʻilon shahri.14-aprel kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Toʻralar koʻchasida joylashgan savdo doʻkoni oldida turgan A.A.ning “Cobalt” rusumli avtomashinasi saloni holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, avtomashina salonida “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech