12 Avgust 2021 yil 339

Margʻilon shahrida aldov yoʻli bilan ayolning pullarini qoʻlga kiritgan shaxs fosh boʻldi

Margʻilon shahri. 16-iyul kuni X.F ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning may oyida noma’lum shaxs telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali dori vositasi sotish va yetkazib berish bilan shugʻullanishligini aytib, 636.000 soʻm pul mablagʻlarini uning plastik kartasiga oʻtkazib bersa dori vositalarini uyiga yuborishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech