11 Noyabr 2022 yil 482

Margʻilon shahar IIB tomonidan qidiruvda boʻlgan shaxs olindi

Margʻilon shahar IIB JQB va Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 1-Mintaqaviy hudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 226-moddasi 1-qismida (Мa’muriy nazorat qoidalarini buzish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan K.A.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech