20 Oktyabr 2022 yil
387
Margʻilon shahar IIB HPB xodimlari adolatdan yashiringan shaxslarni qoʻlga olishdi
Margʻilon shahar IIB HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan J.A.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Margʻilon shahar IIB HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan O.I.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati