28 Mart 2020 yil 664

Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzib, tergovdan yashiringan shaxs qoʼlga olindi

Beshariq tumani. Beshariq tumani IIB tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Oʼzbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan Аkmal S. 27.03.2020 yilda qoʼlga olingan.

Hurmatli fuqarolar!

Oʼzingiz va yaqinlaringiz tinchligi va xavfsiziligi uchun qidiruvdagi shaxslar haqida maʼlumotga ega boʼlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga xabar bering. 

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

 

 

Text to speech