28 Noyabr 2022 yil 450

Kompyuter oʻyinlari xonasidan “gashish” giyohvandlik moddasi topildi

Fargʻona shahar.2022-yilning 17-noyabr kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sayilgoh koʻchasida joylashgan X.X boshqarayotgan kompyuter oʻyinlari xonasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, stol ustida turgan sigaret qutisi va yondirgich ostiga yopishtirilgan holdagi ikki boʻlak “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech