Koʻknori somonini saqlagan shaxs javobgarlikka tortildi
Qoʻqon shahar. 4-iyul kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Mehnatobod mahalla hududida yashovchi M.S ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tom qismida koʻknori somonini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 276-modda 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati