“ISUZU”ga ortilgan 120 million soʻmlik pirotexnika va lampochkalar oʻz manziliga yetmadi
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari hamda Fargʻona viloyati IIB YPX xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, “Fargʻona-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Qoʻshtepa tumani hududida toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 119,6 million soʻmlik 3 turdagi 61876 dona pirotexnika vositalari va 12000 dona choʻgʻlanma lampochkalar borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.