4 Yanvar 2025 yil 1681

Is gazidan zaharlanish holatlari hamda yuqumli kasalliklarni oldini olishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Ikkinchi mintaqaviy hudud 10-son Tergov hibsxonasida hamkor tashkilotlar ishtirokida is gazidan zaharlanish holatlari hamda yuqumli kasalliklarni oldini olishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Mashg‘ulotning nazariy qismi davomida, xodimlarining tibbiy bilimlari oshirilib, ularga to‘g‘ri ovqatlanish qish mavsumida turli konserva maxsulotlaridan hamda is gazidan zaxarlanishda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar, yuzaga kelishi mumkin muammolar va ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

Amaliy qismda esa kasallik o‘chog‘ida olib boriladigan zaruriy tadbirlar, xususan ovqatdan va is gazidan zaharlanganda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilib, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining  hamkorlikdagi harakatlari amalda ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech