5 Dekabr 2022 yil 241

Ikki nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

Qoʻqon shahar IIB JQB va Boshqarma YHXB 2-mintaqaviy hudud 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.A.ni qoʻlga olishdi.

Fargʻona viloyati IIB TQX Qidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan T.E.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech