10 Noyabr 2025 yil 162

Farg‘ona viloyatida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i D.Azizov boshqarma boshlig‘ining 123-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hududida maxsus shtablar tashkil etildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida 2-mintaqaviy hududlarda profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishlarida tahlil va o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida mahalliy hokimiyat va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida profilaktik ishlarni samarali tashkil etish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda jinoyatchilikning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech