5 Sentyabr 2022 yil 420

Toshloq tumanidan yer sotib olmoqchi boʻlgan ayol 4.000 AQSH dollar pullariga aldandi

Fargʻona shahar.2022-yilning 14-iyun kuni O.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning kuz faslida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, tanishlari orqali 4.000 AQSH dollari evaziga Toshloq tumanidagi yer maydonlaridan olib berishini aytib, pullarini olib bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni U.M sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech