17 Iyun 2025 yil 1928

Viloyat IIBda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda seminar mashg‘ulot o‘tkazildi

Dunyoda inson salomatligidan-da azizroq ne’mat yo‘q. Uni asrab-avaylash uchun esa hamisha sog‘lom turmush tarziga amal qilish, doimiy ravishda tibbiyot savodxonlikni oshirib borish va shifokorlar aytgan tavsiyalarga amal qilish zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori, Farg‘ona viloyati hokimligi va Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Gematologiya va onkologiya xizmatlarini yanada rivojlashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar” rejasiga asosan ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shaxodatlangan hamda erkin yollangan ayol xodimalar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda ham salomatlikni mustahkamlash bilan bog‘liq ana shunday tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.

Ayollarda uchraydigan bachadon bo‘yi va ko‘krak bezi saratoni skriningi mavzusida tashkillangan seminarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali mutaxasislari Satkinova Nargiza va Zakaeva Ilvina ishtirok etib, mavzuga oid qimmatli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Xususan, yuqorida tilga olingan xastaliklarning oldini olishda nimalarga e’tibor berish kerakligi mutaxassislar tilidan, aniq misollar yordamida tushuntirib berildi.

Shuningdek, seminar davomida soha malikalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob oldilar.

Bundan tashqari, seminar yakunida xodimalar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Muhtasar qilib aytganda, bu kabi seminar va tadbirlar xodimlarning tibbiy madaniyatini yuksaltirib, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzining qaror topishiga xizmat qiladi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech