6 Yanvar 2022 yil 3076

Furqat tumanida bosqinchilar qoʻlga olindi

Furqat tumani. 05-yanvar kuni soat 21:30 larda uch nafar R.S., S.S va I.B. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlgan holda oʻzganing mol-mulkini bosqinchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, niqoblangan holda, pichoq va skotch bilan qurollanib Istiqlol MFYda yashovchi X.M (ayol)ning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirishib, ayol va uning voyaga yetmagan qiziga oshxona pichogʻi bilan xujum qilib, ularni tanasining turli joylariga qoʻllari bilan urib, hayot yoki sogʻlik uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib, qoʻl, oyoq va ogʻiz sohalarini skotchlab, X.M.ning narhi 3.000.000 soʻmlik bir juft tilla-taqinchoqlarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan qochib yashirinayotgan vaqtida, tuman IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan R.S., S.S va B.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech