27 Sentyabr 2022 yil 427

Furqat tumanida xonadondan pul va uy roʻzgʻor buyumlarini oʻgʻirlagan erkak aniqlandi

Furqat tumani. Hayit mahalla hududida yashovchi M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 14-sentabr kunidan 15-sentabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, umumiy narxi 10.930.000 soʻmlik uy roʻzgʻor buyumlari, 1.000 AQSH dollari hamda 36.150.000 soʻm pullarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni N.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech