7 Sentyabr 2022 yil 387

Furqat tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan shaxs fosh boʻldi

Furqat tumani.23-avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Tosh qishlogʻida yashovchi Yu.N.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 6 tup “Kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech