Furqat tumanida firibgar ayollar fosh boʻldi
Furqat tumani.U.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 30-aprel kuni noma’lum ayollar ishonchiga kirib, umumiy narxi 3.500.000 soʻmlik ayollar tilla-taqinchoqlarini bir kun muddatda ta’mirlab qaytarib olib kelib berishini aytib, tilla-taqinchoqlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.D. va Oʻ.M ismli ayollar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati