Furqat tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan shaxs fosh boʻldi
Furqat tumani.06-iyun kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻkazilgan tezkor tadbir davomida, Eshon qishlogʻida yashovchi M.G ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon tomorqasida 125 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati