12 Sentyabr 2021 yil 463

Furqat tumanida “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Furqat tumani. 08-sentabr kuni tuman IIB JQB va TEQKB xodimlari xamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Toʻrgʻay MFY hududida yashovchi U.L.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, hovlisida “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech