28 Mart 2022 yil 475

Furqat tumanida marixuana giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs aniqlandi

Furqat tumani.19-mart kuni tuman IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangi MFY hududida yashovchi A.Q.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasida 15,22 gramm marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech