20 May 2022 yil 502

Fuqaroni IIV Akademiyasiga oʻqishga olib kirishni va’da qilib, 1000 AQSH dollari olgan ayol qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar.19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXB Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi, IIV SHXXB JIED hamda Fargʻona viloyati IIB korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir davomida, 1980-y.t. M.R ismli ayol muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun jazo oʻtab kelayotganligiga qaramasdan Yuksalish koʻchasida fuqaro Gʻ.X.ni 5 000 AQSH dollari evaziga Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga oʻqishga olib kirib qoʻyishini va’da qilib, firibgarlik yoʻli bilan oldindan kelishilgan pullardan 1.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech