26 May 2025 yil
2758
Viloyat IIB rahbariyati tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida navbatdagi qabul o‘tkazildi
Aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqotlar tashkil qilinmoqda. Bugun Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov tomonidan fuqarolar uchun boshqarma binosida qabullar o‘tkazilib, ularni murojaatlari sinchkovlik bilan o‘rganildi.
Qabul davomida fuqarolardan jami 37 ta murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 11 tasi joyida ijobiy hal etildi. 16 ta murojaat yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rib chiqish talab etilgan 10 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati