28 Avgust 2025 yil
311
Farg‘ona tumanida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari doirasida fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tadbirning asosiy maqsadi mahallardagi jinoyatchilikni kamaytirish, aholi o‘rtasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish va profilaktik tadbirlar samaradorligini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda Farg‘ona tuman IIB boshlig‘i hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar mahallada olib borilayotgan profilaktik ishlar natijasi va aholi orasida huquqiy savodxonlikni oshirish, notinch-nomurosa xonadonlarni qo‘riqlash pultiga ulash va buning afzalliklarini yig‘ilganlarga yetkazishdi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati