24 Sentyabr 2021 yil 452

Fuqaroga chet davlatda ishlab chiqarilgan dastgoh olib berishni va’da qilib, aldagan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahri. 2021-yilning 15-sentabr kuni R.A IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning bahor oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, tanishlari orqali Italiya davlatida ishlab chiqarilgan quti yasash dastgohi olib kelib berishini aytib, 45.000 AQSH dollar pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech