25 May 2022 yil
430
Firibgarlikda gumonlanib, tergovdan yashiringan shaxslar qoʻlga tushdi
Quvasoy shahar IIB IIB JQB va MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan X.X.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Margʻilon shahar IIB JQB va TEQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.T.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati