27 Yanvar 2023 yil
379
Firibgarlikda gumonlanib tergovdan yashiringan shaxs qoʻlga olindi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan ESH.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati