27 Fevral 2023 yil
380
Firibgarlikda gumonlangan qidiruvdagi shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar IIB M va FRB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan J.O.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
\Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati