12 Sentyabr 2022 yil
399
Firibgarlikda gumonlanib qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati IIB TQXB va Qoʻshtepa tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan U.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati