Farg‘onada ekspert-kriminalistika xodimlariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati — 2025 yil 16-oktabrdan
18-oktabrgacha Farg‘ona viloyati IIO Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari uchun
“Hodisa joyini ko‘zdan kechirish, tergov harakatlarida, tezkor-qidiruv tadbirlarida
ishtirok etish hamda kriminalistik vosita va usullarni qo‘llash” yo‘nalishida o‘quv
mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda Ichki ishlar vazirligining EKBM, shuningdek Toshkent shahar va Toshkent
viloyati IIBB EKMlari mutaxassis ekspertlari ishtirok etdi. Trening dasturi hodisa
joyini ko‘zdan kechirish tartibi, ashyoviy dalillarni olish va qadoqlash, tezkor-qidiruv
tadbirlari va tergov harakatlari davomida kriminalistik texnika va vositalardan
foydalanish bo‘yicha amaliy hamda mahorat darslarini o‘z ichiga oldi.
Shuningdek, sud-fotografiyaning umumiy qoidalari, tergov
harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarida isbotlov bazasini shakllantirishning
ahamiyati, portlash va yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq voqea joylarini ko‘zdan
kechirish tartibi hamda tintuv va tergov eksperimentlarini o‘tkazish yuzasidan nazariy
ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulotlar davomida yosh ekspertlar tomonidan berilgan
soha bo‘yicha savollarga javoblar berilib, amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi hamda
ekspert-kriminalistika xodimlarining kasbiy tayyorgarligi va samaradorligi oshirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati