30 Dekabr 2024 yil 2032

Farg‘ona viloyati IIB ogohlantiradi

Hurmatli fuqarolar, aziz farg‘onaliklar!

Yangi yil bayrami kunlari ko‘cha va jamoat joylarda harakatlanganda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.

Avtotransport vositalarini boshqarganda yo‘l harakati qoidalariga amal qiling.

Tirbandliklar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymang!

Spirtli ichimlik ichib aslo rul boshqaruviga o‘tirmang!

Bu o‘zingiz va boshqalarning hayotiga xavf tug‘dirishi, bayramona kayfiyatni buzishi mumkin.

Farzandlaringizga turli pirotexnika vositalarini olib bermang va foydalanishiga yo‘l qo‘ymang!

Gaz  va  elektr jihozlaridan foydalanishda ehtiyotkor bo‘ling, ularni nazoratsiz qoldirmang! Bu turli ko‘ngilsiz yong‘in hodisalarining oldini olishda muhim omildir.

Bayramni tinch, xotirjam va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish o‘z hushyorligimizga bog‘liq. Shuni unutmang!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech