21 Sentyabr 2021 yil
413
Fargʻona viloyatida adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi
20.07.2021-yil kuni Qoʻshtepa tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.Oʻ.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Yozyovon tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan U.I.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati