Fargʻona tumanida yonida gashish giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona tumani. 29-mart kuni tuman IIB JQB va JXX HPB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, "Qoʻrgʻontepa" MFY hududida U.B ismli shaxs shubha uygʻotganligi sababli toʻxtatilib, yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda egnidagi kiyimidan qora rangli sellofan paketga oʻralgan “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati