Fargʻona shahridan uy olmoqchi boʻlgan fuqaro 18.800 AQSH dollari miqdoridagi pullariga aldandi
Fargʻona shahri. 29-iyul kuni fuqaro R.T IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning may oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, uy olib berishni aytib, 18.800 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni V.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati