20 Noyabr 2021 yil 528

Fargʻona shahrida oshxonadan kir yuvish mashinasini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

 

Fargʻona shahri. 15-noyabr kuni A.G. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni nomaʼlum shaxs 1989-y.t. Fargʻona shahar, A.Yassaviy koʻchasida joylashgan oshxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, oshxonada boʻlgan narxi 5.000.000 soʻmlik “HOFFMAN” rusumli kir yuvish mashinasini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech