Fargʻona shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan ayol qoʻlga olindi
Fargʻona shahar. 5-mart kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, A.R ismli ayol Ismoilova koʻchasida 2,98 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini 2.200.000 soʻm evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang. Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati