18 Sentyabr 2021 yil 412

Fargʻona shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahri. 15-sentabr kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan, A.Qodiriy koʻchasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasida X.X.ni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs  besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech