Farg'ona shahar.23 aprel kuni E.N IIBga murojaat qilib, unda noma'lum shaxs U.Yusupov ko'chasida joylashgan kompyuter o'ynash xonasida qarovsiz qoldirgan narxi 1.500.000 so'mlik "iPhone-7" rusumli uyali telefon apparatini o'g'irlab ketganini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: