10 Yanvar 2022 yil 503

Fargʼona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʼlga olindi

09 yanvar kuni Fargʼona viloyati IIB JQB va XSvaTXMB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan I.Sh.ni qoʼlga olishdi.

Shuningdek, Fargʼona viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan Y.U.ni qoʼlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʼlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʼlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech