4 Aprel 2022 yil
403
Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi
03-aprel kuni Qoʻshtepa tumani IIB HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.A.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, IIV SHXBB Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati