Fargʻona viloyatida probatsiya hisobida turgan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda
Insonparvarlik tamoyillari asosida ayrim yurtdoshlarimizga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo turlari tayinlanadi hamda ularni sogʻlom turmush tarziga qaytarish, qayta jinoyat sodir etishlariga yoʻl qoʻymasliklari uchun IIO probatsiya xizmatlariga biriktiriladi.
Ana shunday maqsadlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Jinoyatchilikka qarshi kurashish oyligi doirasida Fargʻona viloyatida Probatsiya nazoratida turgan 1158 nafar nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
Tadbir davomida 158 nafar axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan nazoratdagi shaxslarning ish joylari tekshirildi. Tungi tekshiruvlar davomida, jami 98 nafar ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan nazoratdagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilayotganliklari ularning yashash manzillariga borilib oʻrganildi.
Qoʻqon shahrida 3 nafar, Rishton tumanida 2 nafar va Beshariq tumani hamda Fargʻona shahrida 1 nafardan tayinlangan jazolarni oʻtashdan qasdan boʻyin tovlagan shaxslarning jazosi ogʻirrogʻiga almashtirildi.
Qoʻqon shahri hamda Bagʻdod tumanlarida aholi bandlikka koʻmaklashish boʻlimida seminarlar tashkil etilib, ish bilan band boʻlmaganlarni aholini ish bilan ta’minlash, kasbga yoʻnaltirish va subsidiyalar ajratilishi hamda mehnatga haq toʻlash miqdorida ishga joylashtirish masalalarida tushuntirish berildi.
Qoʻqon shahar IIB Probatsiya boʻlimi hisobidagi “Mehr” va “Avf” farmoniga koʻra avf etilgan shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ish bilan band boʻlmagan 1 nafar shaxs ish bilan bandligi ta’minlandi.
Shuningdek, 65 nafar nazoratdagi shaxslarni oʻtalmagan jazolari JIB sudlar tomonidan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.
Bu kabi tadbirlar joylarda muntazam davom ettirilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati